Rossiya xalq artisti Natalya Seleznyova telekanallardan biriga bergan intervyusida salomatligi bilan bog‘liq muammolar haqida gapirib berdi.
“Men uzoq vaqt va qattiq kasal bo‘lganman, qalqonsimon bezim og‘ir operatsiya qilingan: boshimni kesib olishgan, so‘ng uni qaytadan tikib qo‘yishgan”, — dedi aktrisa.
Uning so‘zlarida ko‘ra, operatsiyadan keyin gapira olmagan. “Tovush paylarim kesilgan edi, men xirillab gapirardim”, — deb qo‘shib qo‘ydi u. Seleznyova puflab chalinadigan garmoshkada uzoq vaqt shug‘ullanganidan keyin ovozi qaytib kelganini aytdi.
Natalya Seleznyova “‘Ы’ operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari”, “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi”, “Kalif-laylak”, “Eski tanish” kabi filmlarda suratga tushgan.
Izoh (0)