Yilning eng yomon aktyor, aktrisa va rejissorlariga topshiriluvchi “Oltin malina” mukofoti tashkilotchilari an’anaviy ravishda xazilomuz tarzda ishlangan videorolikda nominantlar bilan tanishtirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Oltin malina” mukofoti 2018-yilning 3-martida topshiriladi.
“Eng yomon aktyorlik ijrosi” nominatsiyasiga “Mumiya” filmidagi ijrosi uchun Tom Kruz, Jeymi Dornan (“50 tusga to‘qroq”), Mark Uolberg (“Transformerlar: so‘nggi ritsar” va “Salom, dada, Yangi yil 2”), Jonni Depp (“Karib dengizi qaroqchilari: Marhumlar ertak aytmaydi”) va Zak Efron (“Malibu qutqaruvchilari”) kabi aktyorlar qo‘yilgan.
Dakota Jonson (“50 tusga to‘qroq”), Ketrin Xaygl (“Shayton vasvasasi”), Emma Uotson (“Sfera”, Jennifer Lourenslar esa (“Ona”) yilning eng yomon aktrisalari bo‘lishi mumkin.
“Mumiya”, “Transformerlar”, “Malibu qutqaruvchilari”, “50 tusga to‘qroq” kabi filmlar “Yilning eng yomon filmlari” nominatsiyasiga kiritilgan.
Mukofot tashkilotchilari yuqorida sanab o‘tilgan filmlarni ehtiyotsizlik oqibatida tomosha qilgan barchani “zudlik bilan shifokorga murojaat qilishga” chorlamoqda.
Ma’lumot uchun, eng yomonlar uchun “Oltin malina” 1980-yilda amerikalik publicist Jon Uilson tomonidan ta’sis etilgan.
Izoh (0)