O‘zbekistonda vaqtinchalik yoki doimiy propiskasiz fuqarolarni ishga qabul qilishdagi taqiq bekor qilinadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”ga oid davlat dasturi tasdiqlangan 2018-yil 22-yanvardagi qarorida ko‘zda tutilgan.
“O‘zbekiston 24” telekanalining ma’lum qilishicha, vaqtinchalik yoki doimiy propiskasiz yashovchi fuqarolarni ishga olganligi uchun ish beruvchilarni javobgarlikka tortish ham bekor qilinadi.
Davlat dasturi 231 banddan iborat. Hujjatda, shuningdek, 37 ta qonun qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)