O‘tgan yili dunyoda har ikki kunda yangi milliarder paydo bo‘ldi, ularning umumiy soni 2043 kishiga yetdi. Oxfam xalqaro xayriya va gumanitar tashkiloti tadqiqotlari shundan dalolat bermoqda, deb ma’lum qiladi “RIA Novosti”.
Tashkilotga ko‘ra, ushbu guruhdagi kishilarning mol-mulki yil davomida 762 milliard dollarga oshdi. Natijada dunyo boyligining 82 foizi aholining 1 foizi qo‘lida jamlandi.
2017-yilda dunyoning 3,7 milliard qashshoq kishisi moliyaviy holati umuman yaxshilanmadi. Oxfam jahondagi 42 nafar eng badavlat odamning mol-mulki 3,7 milliard kishining topgan-tutganiga teng ekanligi haqidagi xulosaga keldi.
Izoh (0)