Meksika politsiyasining razvedka boshqarmasi xodimlari Tamaulipas shtatidan poytaxt Mexikoga yuborilgan 1,96 ming granatadan iborat pochta jo‘natmasini tutib qoldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
40 ta karton qutiga joylashtirilgan o‘q-dorilarni Mexikodagi jo‘natmalarni ajratish markazida kinologiya bo‘linmasi itlari yordamida aniqlashga muvaffaq bo‘lindi.
Rasmiylar mazkur yuk poytaxt va uning atrofidagi manzillarda faoliyat olib boradigan jinoiy guruhlar uchun “Golfo” narkokarteli a’zolari tomonidan jo‘natilganini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)