Ispaniya prokuraturasi Belgiya hududini tark etgan taqdirda Kataloniya hukumatining sobiq raisi Karles Puchdemonni hibsga olishga Yevropa orderini kuchga kiritish bilan tahdid qildi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
O‘tgan yil dekabrida mamlakat Oliy sudi Puchdemonni faqat Ispaniya hududida hibsga olishga order berdi. Uning qit’ani istalgan davlatida qo‘lga olish va vataniga qaytarish talab qilingan Yevropa orderini esa qaytarib oldi.
Kopengagen universiteti Karles Puchdemon 22-yanvar, dushanba kuni “Kataloniya va Yevropa demokratiya chorrahasida” mavzusidagi bahslarda ishtirok etishini ma’lum qilgandi.
“Agar mazkur ma’lumot tasdiqlansa, Ispaniya prokuraturasi zudlik bilan tegishli chora ko‘radi”, — deyiladi prokuratura bayonotida.
Izoh (0)