Iordaniya va Saudiya Arabistoni termalari 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatini tark etdi.
Har ikki mamlakat futbolchilari guruh bosqichining so‘nggi turida imkoniyatni boy berdi. Avvalroq Saudiya Arabistoni terma jamoasining oldiga chempionlik vazifasi qo‘yilayotgani aytilgandi. Bunga qadar KXDR, Tailand, Xitoy va Ummon terma jamoalari ham turnirdan chiqib ketgandi.
Bugun — 17-yanvar kuni guruh bosqichiga to‘liq yakun yasaladi. Toshkent vaqti bilan 16:30 da Janubiy Koreya va Avstraliya termalari o‘zaro maydonga tushsa, Suriya Vyetnamni imtihon qiladi.
Chorak final bellashuvlari 19—20-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Hozirgacha Qatar — Falastin va Yaponiya — O‘zbekiston juftliklari aniq bo‘lib ulgurgan.
Osiyo Chempionati U23 “C” guruhi. 3-tur 16-yanvar, seshanba
Izoh (0)