Amerikaning Michigan shtati Detroyt shahri yaqinida 16-yanvar kuni meteorit qulashi qayd etildi. U kichikroq zilzilani keltirib chiqardi. Bu haqda AQSh Milliy meteorologik xizmati matbuot xizmati xabar qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Sinoptiklar Detroyt aholisi osmonda kuzatgan chaqnash meteorit qulashi oqibati ekanligini tasdiqladi.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q.
AQSh Geologiya xizmati meteorit qulashi kuchsizroq zilzilaga sabab bo‘lganligini qayd etdi.
Izoh (0)