Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan yangi mavsum arafasida katta xaridlarni amalga oshirishdan o‘zini tiydi va klub prezidenti Flarentino Peresdan jamoa o‘zagini saqlab qolishni so‘radi.
Peres Zidanning taklifi bo‘yicha ish ko‘rdi hamda “Real”ning asosiy futbolchilari bilan bir necha yillik shartnomalar imzolandi. Biroq natija bobida o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqqan Zidan, yangi mavsumdan boshlab oqsadi. Ayni vaqtda klub La Ligada bor-yo‘g‘i 4-o‘rinni egallab turibdi. Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichida esa “Tottenhem”dan ortda qolib, ikkinchi bo‘ldi. Oqibatda “Qirollik klubi” g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lgan “PSJ” bilan nimchorak finaldayoq to‘qnash keladigan bo‘ldi.
Xo‘sh, muammo nimada? Hamma bunda o‘z fikrini berishi mumkin. Ispan nashrlari esa transferga kim qancha pul sarf etgani borasidagi chiqish bilan, vaziyatni izohlashga harakat qildi. Bunda “Real” 12 ta klubdan kamroq pul xarj qilganini ko‘rish mumkin. Bu joriy mavsum uchun qilingan xaridlargina o‘z ichiga olgan.
Transfer bozori
- “Barselona” — 312,5 million yevro
- “Manchester Siti” — 249,3 million
- “PSJ” — 238 million
- “Chelsi” — 216,8 million
- “Milan” — 194,5 million
- “Liverpul” — 167,8 million
- “Manchester Yunayted” — 164,4 million
- “Yuventus” — 151,4 million
- “Bavariya” — 116,5 million
- “Atletiko” — 102 million
- “Inter” — 80,5 million
- “Arsenal” — 55,1 million
- “Real” — 42,5 million
Izoh (0)