BMTda Afrika davlatlari manfaatlarini ifoda etuvchi Afrika ittifoqi AQSh prezidenti Donald Trampdan “jirkanch mamlakatlar” haqidagi gapi uchun kechirim so‘rashni talab qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Afrika ittifoqi missiyasi Donald Tramp bildirgan noo‘rin sharh yuzasidan g‘azab va nafrat bildirishni istaydi. Uning aytganlari AQShga xos turfa ko‘rinishlar va inson sha’niga ehtiromga soya tashlaydi”, — deyiladi murojaat matnida.
Ittifoq nafaqat Afrika davlatlari, balki kelib chiqishi afrikalik bo‘lgan barcha fuqarolardan kechirim so‘ralishini talab qildi.
Izoh (0)