Polsha hukumati moliyalashtirish to‘xtatilgan taqdirda mamlakatni Yevroittifoqdan olib chiqishga urinishi mumkin. Bu haqda Yevroittifoq rahbari Donald Tusk ogohlantirdi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Yevroittifoq rahbariga ko‘ra, hukmron “Huquq va adolat” partiyasi uchun tuzilmadagi asosiy afzallik mablag‘ olishdan iborat.
“Bu partiya uchun Yevroittifoqda bo‘lib turishning mohiyati to‘lov balanslariga borib taqaladi. Umumiy bozor, huquq-tartibot, kafolatlangan xavfsizlik va boshqa qolgan afzalliklar umuman pisand qilinmaydi”, — dedi Tusk.
Izoh (0)