KXDR Xamgyon-Pukto provinsiyasi Kilchju uyezdidagi Pxungeri qishlog‘i yaqinida joylashgan yadro poligonida g‘arbiy tunnelni chuqurlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda, deb yozadi “TASS” KXDR atrofidagi muammolarga ixtisoslashgan 38North portaliga tayanib.
Sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarga asoslanib, nashr tahlilchilari ta’kidlashicha, “butun dekabr davomida poligonda ishchilar va texnika faolligi davom etgan”, tunneldan tuproq chiqarish hajmi oshgan. Maqola mualliflari fikricha, bunday faollik KXDRning yadro sinovini o‘tkazishga shay holatda turishga intilishini bildirishi mumkin.
Izoh (0)