JPMorgan bankining bosh direktori Jeyms Daymon 2017-yilning sentabrida bitkoinni “firibgarlik” deb ataganidan afsusda ekanligini bildirdi, deb xabar beradi TJournal.
Boshqa odamlardan farqli o‘laroq, bitkoin haqida fikrim o‘zgacha. U menga umuman qiziq emas.2017-yilning sentabr oyida Daymon agarda JPMorgan’ning treyderlari kriptovalyuta bilan savdo qilsa, ularni ishdan haydab yuborishini ma’lum qilgandi. O‘shanda u “havodan yaratilgan valyuta asosida biznes yaratib bo‘lmasligini va uni sotib oladiganlarni ham haqiqatda aqlli deb o‘ylash mumkin emasligini” ta’kidlagandi. O‘sha vaqtda bitkoin kursi 4 ming dollar bo‘lgan bo‘lsa, 9-yanvardagi holatga ko‘ra, bitta bitkoin narxi 14 ming dollarga baholangan.Jeyms Daymon, JP Morgan bosh direktori
Izoh (0)