Rossiya moliya vazirligi 2017-yil dekabrida zaxira fondi qoldiqlarini mamlakat budjeti tanqisligini yopishga yo‘naltirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
7,62 milliard dollar, 6,71 milliard yevro va 1,1 milliard funt sterling miqdoridagi valyuta 1 trillion 42 million rublga realizatsiya qilindi va federal budjet hisobiga olindi.
Natijada fond qoldiqlari nolga keltirildi va u 2018-yil 1-fevraldan faoliyatini to‘xtatadi.
Izoh (0)