Kataloniya hukumatining sobiq raisi Karles Puchdemon lavozimiga qaytishi mumkin. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
“Birgalikda Kataloniya uchun” va “So‘l respublikachilar” yetakchilari shu xususda kelishib oldi. Yopiq eshik ortidagi muzokaralar 9-yanvar kuni Kataloniyada bo‘lib o‘tdi.
Shunday bo‘lgan taqdirda, Puchdemon Kataloniyaga qasamyod keltirish marosimiga kelolmaydi: Madrid uni hibsga olish uchun order bergan. Biroq u videoko‘prik tartibida buni amalga oshirishi yoki nutqini ishonchli vakili o‘qib berishi mumkin.
Izoh (0)