Turkiyada sakkiz farzandning otasi o‘zining tug‘ilgan kuni sharafiga suratga tushayotib halok bo‘ldi, deb yozadi New York Post.
38 yoshli Halil Dag‘ qoya tepasida do‘nglikdan sakrayotgan holatda suratga tushaman deb, sirpanib 20 metrli balandlikdan pastga dumalab ketdi. Uning do‘stlaridan biri fojiali hodisani videoga muhrladi.
Erkak Turkiya janubidagi Shonliurfa shahrida joylashgan Urfa qasri yaqinida bo‘lgan. U kurd restorani yonginasida pastga qulab ketgan. Erkakni kasalxonaga yetkazishdi, o‘sha yerda u vafot etdi.
Izoh (0)