Turkiya armiyasi Suriyaning shimoliy mintaqasida mahalliy kurdlar va IShID jangarilariga qarshi qaratilgan “Frot qalqoni” operatsiyasini tiklaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentga murojaatida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Operatsiya Aleppo viloyatining Afrin va Manbij tumanlarida o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Unga mahalliy ko‘ngillilar jalb etilishi yoki etilmasligi noma’lum.
Ma’lumot uchun, “Frot qalqoni” operatsiyasi Aleppo viloyatida 2016-yil avgustida boshlangan va o‘tgan yil martida yakuniga yetgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)