Vashington Suriyaning muxolifat kuchlari tomonidan nazorat qilinadigan qismini diplomatik tan olishga roi bo‘lmoqchi emas. Bu haqda AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Stiven Goldstin ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Avvalroq Yaqin Sharq OAVlarida AQSh Frot daryosidan sharqda joylashgan, taxminan 24 ming kvadrat kilometr maydonli hududni diplomatik tan olishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi. Respublikaning ushbu qismi amerikaliklar faol hamkorlik qiladigan muxolifatchi “Demokratik Suriya kuchlari” otryadlari nazorati ostidadir.
“Bizning pozitsiyamiz shundan iboratki, biz Suriyaning hududiy yaxlitligini, shuningdek, aholining barcha guruhlari huquqlari himoyalangan yagona demokratik Suriyani qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Goldstin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington, shuningdek, arab mamlakati kelajagini uning fuqarolari belgilab berishi tarafdoridir.
Izoh (0)