Kosmosda uch hafta ichida to‘qqiz santimetrga o‘sganini ma‘lum qilgan yaponiyalik astronavt Norisige Kanai bo‘yining uzunligini o‘lchashda xatolik yuz berganini tan oldi. Xatolikni aniqlashda unga Xalqaro kosmik stansiyadagi rossiyalik hamkasbi yordam bergan. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirdi.
“Rossiyalik qo‘mondon (ekspeditsiya qo‘mondoni Anton Shkaplerov) to‘qqiz santimetr bu juda ko‘p ekanligini aytdi. Shundan so‘ng, bo‘yimni o‘zim qayta o‘lchab ko‘rdim va u 182 santimetr ekanligini aniqladim — bu yerdagi holatdan atigi ikki santimetrga uzunroq demakdir”, — deb yozadi Kanai.
Yaponiyalik astronavt yolg‘on xabar uchun uzr so‘radi va umurtqa suyaklari orasidagi bo‘shliqlarning kengayishi oqibatida yuzaga keladigan og‘riqlarni sezmayotganini ma’lum qildi.
Kanai o‘zining bo‘yi haddan ortiq o‘sib ketganini 9-yanvar kuni ma’lum qilgandi.
Izoh (0)