Mahallalarda eshigiga alohida belgi qo‘yilgan xonadonlar paydo bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.
“Joriy yilning aprel oyida eshiklarida ‘Bu yerda I, II, III darajali ‘Mehnat faxriysi’ nishoni bilan taqdirlangan (F.I.Sh.) istiqomat qiladi’ yozuvi bo‘lgan to‘rtburchak shakldagi mis qorishmasidan tayyorlangan belgi o‘rnatilgan xonadonlar paydo bo‘ladi”, — deyiladi xabarnomada.
“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimlari Navro‘z bayrami arafasida tashkil etiladi.
Shu kunlarda fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosarlari-keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilar rahbarligida “Nuroniylar jamoatchilik kengashi” tomonidan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoniga nomzodlar ro‘yxati shakllantirilmoqda.