Donald Tramp 2020-yilda ham AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibining o‘rinbosari Xogan Gidli ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Shubhasiz, u kelgusi saylovlarda yana prezident lavozimi uchun kurashish niyatida”, — ta’kidladi Gidli.
Gidliga ko‘ra, u Tramp bilan teleboshlovchi Opra Uinfrining kelgusi saylovlardagi ishtirokiga doir xabarlarni muhokama qilmagan.
“Istalgan shaxs — u Opra Uinfri bo‘ladimi yoki boshqasi — kelgusi saylovlarda bizga pesh kelishidan cho‘chimaymiz. Ular erishgan natijalari yaqqol ko‘rinib turgan prezident bilan bellashishlariga to‘g‘ri keladi”, — dedi Oq uy matbuot kotibining o‘rinbosari.
Izoh (0)