Misrda prezidentlik saylovining birinchi bosqichi 26—28-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat milliy saylov komissiyasi raisi Lochin Sulaymon ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Agar birinchi bosqichda nomzodlardan hech biri mutloq ko‘p ovoz to‘play olmasa, 24—26-aprel kunlari ikkinchi bosqich o‘tkaziladi.
Mamlakatning amaldagi prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy hozircha saylovdagi ishtiroki haqida rasman ma’lum qilmadi.
Izoh (0)