O‘tgan hafta Madagaskarga yopirilgan Ava tropik sikloni oqibatida deyarli 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Agance France-Presse agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, milliy darajada 29 kishi halok bo‘lgan, 22 kishi bedarak yo‘qolgan, 17 170 kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan va yana 83 023 kishi jabrlangan”, — deyiladi Tabiiy ofatlar xavfini boshqarish milliy byurosi bayonotida.
Siklon Madagaskarga 5-yanvar kuni yopirilgan bo‘lib, sel va suv toshqinlarini keltirib chiqargan.
Izoh (0)