AQSh prezidenti Donald Tramp har yilgi an’anaviy tibbiy ko‘rik vaqtida psixiatr ko‘rigidan o‘tmaydi. Bu haqda Oq Uy matbuot kotibi o‘rinbosari Xogan Gidlining so‘zlariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Tibbiy ko‘rik dasturidan psixiatr qabuliga kirish o‘rin olgani haqida savolga Gidli “yo‘q” deb javob bergan.
Trampning siyosiy raqiblari muntazam ravishda prezident psixologiyasi o‘zgaruvchan bo‘lgani uchun u mazkur lavozimga munosib emasligini ta’kidlaydi.
Izoh (0)