Janubiy Koreya KXDRga 1950—1953—yillarda sodir bo‘lgan urush oqibatida ajralib ketgan oilalarni 16-fevral kuni nishonalanidan Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil arafasida uchrashtirish taklifini berdi. Bu haqda Birlashgan Janubiy Koreya vazirligining ma’lumotlariga asoslanib, “TASS” xabar berdi.
“Pxenmunjomdagi muzokaralar vaqtida Janubiy Koreya tomoni Solal bayramida ajralib ketgan oilalarni uchrashtirish taklifini bildirdi”, — deydi idora vakili. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, KXDRning oliy martabali vakillari Pxyonchxanda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlariga tashrif buyuradi.
Bundan tashqari Janubiy Koreya yaqin kelajakda ikki mamlakatning harbiy qo‘mondonlik vakillari o‘rtasida ham muzokara tashkillahtirish taklifini bildirgan. Bu kabi qadam Koreya yarimorolidagi qaltis vaziyat darajasining pasayishiga olib kelishi kerak.
Izoh (0)