Pxanmundjom chegara punktida 9-yanvar, seshanba kuni Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi raundi boshlandi. Bu haqda Janubiy Koreya birlashish vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
2015-yil dekabridan beri ilk bor o‘tkazilayotgan muzokaralarning asosiy mavzusi Seul va Pxenyan munosabatlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy qadamlar, jumladan, KXDR sportchilarining Pxyonchxandagi qishki Olimpiadadagi ishtiroki bo‘ladi.
Ikki davlat delegatsiyalari tarkibiga 5 kishidan kirmoqda.
Janubiy Koreya delegatsiyasini birlashish vaziri Cho Myon Gyon, KXDR delegatsiyasini Koreyani birlashtirish qo‘mitasi raisi Ri Son Gvon boshqarmoqda.
Izoh (0)