Teleboshlovchi Opra Uinfri 2020-yilgi saylovda AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishi mumkin. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
CNN telekanaliga ko‘ra, boshlovchining yaqinlari bir necha oydan beri u bilan saylovda ishtirok etish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Uinfri “Oltin globus” mukofotini topshirish marosimidagi chiqishida ham bunga shama qilgani bildirilmoqda. O‘shanda u “Ushbu zaldagi ko‘plab ajoyib ayollar va ayrim munosib erkaklar yetakchi bo‘lish uchun qat’iyat bilan kurashmoqda”, degandi.
Ma’lumot uchun, Opra Uinfri 2017-yil oxirida AQShdagi “qo‘llab-quvvatlanish reytingi”da birinchi uchlikka kirgandi.
Izoh (0)