Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSh butun Yaqin Sharqni urushga g‘arq qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi va bunga to‘sqinlik qilishga chaqirdi. Bu haqda u Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“AQShning butun Yaqin Sharqni urushga g‘arq qilish maqsadiga hech qanday dalil kerak emas. AQShga Rossiya atrofida qaynoq nuqtalar kerak, barchasi olovda lovullab yonishi, odamlar bir-birini o‘ldirishi lozim”, — deb yozdi Qodirov.
Uning fikricha AQSh endilikda yashirmasdan, o‘z “demokratiyasi”ni qon va olov bilan surbetlarcha yuritmoqda.
“AQSh harbiy jinniligi to‘xtatilishi kerak. Yevropalik hamkorlarimiz Rossiya adolat, yerda hayotni saqlab qolish pozitsiyasini egallashini tushunishi lozim”, — deya qayd etadi u.
Izoh (0)