Rossiya markaziy saylov komissiyasi avvalroq internetda o‘zini SSSR prezidenti deb e’lon qilgan Tristan Prisyagindan Rossiya prezidenti saylovida qatnashish uchun hujjatlarni qabul qildi, deb yozadi “RIA Novosti”. U partiya vakili sifatida emas, mustaqil nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
O‘z navbatida, “TASS” ma’lum qilishicha, Prisyagin qaysi partiyaga tegishli ekanligi haqidagi savolga javoban, o‘zini “Yagona Rossiya”dan kommunist deb atagan. U Kreml unga Sovet ittifoqini qaytarish uchun zarur ekanligini aytgan.
Izoh (0)