• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Davlat rahbari qabul qilgan farmon va qarorlar ortidan chopib yuribmiz”. Muhammadjon Obidov bugungi jurnalistika muammolari haqida

    O‘zA Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidovning jurnalistikaning dolzarb masalalari haqidagi fikrlarini keltirdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ustozlarimiz jurnalist voqelikdan bir qadam oldin yurishi kerak, deb o‘rgatgan. Lekin bugun shunday bo‘la olmadik.

    Aksincha, davlat rahbari qabul qilgan farmon va qarorlar ortidan “chopib” yuribmiz. “Juda to‘g‘ri va zarur qaror qabul qilindi”, deymiz. Ammo uning mohiyati mavzusini avvalroq matbuotda ko‘tarib chiqmadik, muammoga jamoatchilik e’tiborini tortib, bong urmadik. Shu bugungi vaziyatning o‘zi bizga ibrat, saboq.

    Aslida kim sohada necha yil ishlagani emas, qanday ishlagani muhim. Bugun hurmatli hamkasblarimiz matbuotda, ayniqsa, bosma nashrlarni ayovsiz tanqid qilmoqda. Gazetalarda, avvalo, markaziy, otaxon nashrlarda jamiyatimizda ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishining ruhi hamon sezilmayotgani bot-bot ta’kidlanmoqda. Men ham ularning fikrini qisman qo‘llayman. Biz viloyatda o‘tkaziladigan o‘quv seminarlarida “Jamiyat”, “O‘zbekiston ovozi”, “Oila va jamiyat” kabi sanoqli gazetalardagi axborot yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish uslubi, jurnalist mahorati, tahririyatning muammo yechimidagi izchilligi kabi xususiyatlarni tahlil qilamiz. Ammo markazda bunday nashrlar juda kam.

    Shu bilan birga, O‘zbekiston va xorijdagi hamkasblar, tahlilchilar O‘zbekiston bosma OAV deganda, faqat mamlakat miqyosida chop etiladigan gazetalarni nazarda tutayotgani va ularga qarab xulosa chiqarishayotgani unchalik to‘g‘ri emas. Bugun yurtimizda rasman ro‘yxatdan o‘tib faoliyat ko‘rsatayotgan 700 ga yaqin bosma nashr bor. Birgina Farg‘ona viloyatida ularning soni 80 dan oshadi.

    Ular orasida zehnli tanqidchilarimiz nazariga tushmayotgan gazeta, iqtidorli jurnalistlar borki, viloyat ahli, gazetxon allaqachon kasb mahorati, zamonga hamohangligi borasida o‘z muallif va nashrlarini tanib olgan. Ularda islohotlar yo‘lida to‘siq bo‘lib turgan muammo va kamchiliklarni dadil ko‘tarib chiqish, ularni tanqid qilibgina qolmasdan, bunday nuqsonlarning oldini olish bo‘yicha amaliy fikrlar berish, har qanday muammoning sabablarini o‘rganish, mavzuga xolis va haqqoniy yondashishni kuzatish mumkin.

    Ayrim misollarga murojaat qilamiz. Qo‘shtepa tumani hokimligi muassisligidagi “Istiqbol yo‘li” gazetasida fuqarolarning tahririyatga qilgan murojaati asosida yozilgan “Yangi rais vakolatga egami?” tahliliy-tanqidiy maqolasida tuman rahbari (hozirda sobiq) tavsiyasi bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovni tartibga soluvi amaldagi qonunchilikka zid uslubda o‘tkazilgan saylov natijasining vakolatli emasligi dalillab berilgan. Ammo sobiq hokim “men aytgan odam rais bo‘ladi!” deya fikrida qat’iy turib olgan. Tahririyat masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisiga murojaat qildi. Natijada Do‘rmon qishlog‘ida saylov qaytadan o‘tkazilib, qonun ustuvorligi ta’minlandi.

    Ha, viloyatlarda shu kabi gazetalar bor. Biz yaqinda tashkil etgan Chimyon medialageri davomida Samarqandning “Zarafshon”, Amudaryoning “Amudarya taraqiyati”, Jomboyning “Jomboy tongi”, Namangan shahrining “Namangan sadosi” kabi nashrlaridagi ruh, jurnalist mahorati, gazetachilik tajribasi umumo‘zbek matbuotining yuzi bo‘la olishini ko‘rdik.

    Shu o‘rinda yana bir gap. Ba’zi hamkasblarimiz, hatto hurmatli olimlarimiz ham “mahalliy matbuot” degan iborani qo‘llaydi. Men bunday tasnifga mutlaqo qarshiman. Matbuotning “markaziy” yoki “mahalliy”si bo‘lmaydi. OAV va unda aytilgan so‘z uchun tahririyat va muallif Toshkentda ham, Farg‘onada ham qonun oldida bab-barobar mas’ul. Gap nashrning markazda yoki viloyatlarda chop etilayotganida, xolos.

    Biz zamonaviy jurnalistika haqida gapirgan, tahlil qilgan paytda mamlakatimizdagi barcha OAVni bilish va nazarda tutishimiz adolatdan bo‘ladi.

    07.01.2018, 18:50   Izoh (0)   23612
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ilk bor UnionPay kartalarini qabul qilish boshlandi

    07.01.2018, 17:43

    Janubiy Koreyalik sayyoh: O‘zbekistonda kafe va restoranlar nega soat 23:00 da yopiladi? 

    07.01.2018, 15:06

    Amazon vakili Toshkentdagi tadbirda maxsus mehmon sifatida ishtirok etadi

    07.01.2018, 14:05

    “Shu paytgacha tashqi axborot vositalari xorijdagi dushmanona ovoz sifatida ko‘rilar edi”. “Amerika ovozi” jurnalisti O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarga muno...

    07.01.2018, 13:24

    Shavkat Mirziyoyev: Kimki Vatan taraqqiyotiga pul tiksa, farzandiga haykal qo‘ygan bo‘ladi

    07.01.2018, 11:35

    Shavkat Mirziyoyev: “So‘rg‘il konining tenderidan kim qancha yeganini yaxshi bilaman!”

    07.01.2018, 09:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samarqandda mansabdor daraxtlarni ko‘chirishga “amr” qilayotgani rostmi?

    O‘zbekiston | 4 avgust, 20:00

    Saudiya klublari Grinvud uchun 80 million yevro taklif qildi

    Sport | 4 avgust, 19:47

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib bordi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 19:35

    Janubiy Koreyada sud kompaniyani xodimning alkogoldan vafot etishida aybdor deb topdi

    Dunyo | 4 avgust, 19:22

    Qarshida uyining tomorqasida “kannabis” yetishtirayotgan fuqaro fosh bo‘ldi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 19:00

    “Qizil sharbat” seriali yulduzi Sila Turko‘g‘lu turmushga chiqmoqda, yangi “Hukmdor Usmon” kim? turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 4 avgust, 18:50

    “Yevropaning Falastinni tan olishi AQSH bilan muloqotni qiyinlashtiradi” — WSJ

    Dunyo | 4 avgust, 18:40

    Betakror durdonalar: real voqealarga asoslangan qiziqarli filmlar

    Kino | 4 avgust, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.