Prezident mamlakatda kartoshkachilikni rivojlantirish, shu orqali aholini kartoshka bilan uzluksiz ta’minlash, xususan, Bo‘stonliq tumanini kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda, O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining Telegram’dagi rasmiy kanaliga asoslanib, O‘zA xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif amalga oshirmoqda. Bo‘stonliq tumaniga tashrifi doirasida Prezident tumandagi sharoit bilan tanishib, bu yerda kartoshka yetishtirishni yuqori bosqichga olib chiqish lozimligini ta’kidladi.
Izoh (0)