Namangan viloyatining Chust tumanida 23-kasbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi faoliyat boshladi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
1,2 gektar maydonni egallagan qism qurilishiga 3,5 milliard so‘m sarflandi. Undan zarur texnika va anjomlar, xodimlar uchun o‘quv va dam olish xonalari, sport zali, kutubxona va oshxona o‘rin oldi.
Qism tumandagi 6 qishloqning qariyb 120 ming nafar aholisiga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)