3-yanvar kuni poytaxtdagi “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘ida qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli hamda mudofaa vazirligi markaziy harbiy orkestri tomonidan bayramona konsert dasturi tashkil etildi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, harbiy san’atkorlar Yangi yil archasida ilk bor ishtirok etdi.
“Mazkur tadbirda harbiy san’atkorlar tomonidan ijro etilgan harbiy-vatanparvarlik va yoshlarbop musiqalar, harbiy orkestr sadolari Yangi yil ayyomiga o‘zgacha tuhfa bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)