O‘zbekiston Markaziy banki 2018-yil 5-yanvardan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 16,60 so‘mga oshdi. Endilikda uning narxi 8136 so‘m 67 tiyin etib belgilandi.
Yevroda ham o‘sish kuzatildi: 150,68 so‘mlik o‘sish oqibatida ushbu valyuta kursi 9775,40 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl kursi esa 3 so‘m 7 tiyinga oshib, 142,37 tiyinni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh (0)