O‘zbekiston professional futbol ligasi muxlislarni stadionlarga qaytarish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshiradi, deb yozdi tashkilot matbuot xizmati. Ishlab chiqilayotgan yangi loyihalarga Super Liga va Pro-Liga klublari bo‘ysunadi. Boisi, stadionga kelayotgan ishqibozlar sonining oshishi PFLning o‘zi uchun ham kerak, deb yozilgan xabarda.

Foto: “Bunyodkor”

O‘zbekiston Super Ligasi o‘yinlari translyatsiyasiga da’vogar telekanallar uchun O‘FF jiddiy shartlar qo‘ydi

Birinchi navbatda har bir uchrashuv uchun anons ishlab chiqilishi kerak. Ya’ni, muxlislar o‘yingacha uning ahamiyati haqida yaxshiroq bilib olishi talab etiladi. Shuningdek, klublar turli viktorina va lotereyalar orqali o‘yinlar uchun bepul chiptalar taqdim etish ishlarini ham amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Stadionga tashrif buyurgan muxlislar uchun alohida yo‘lkalar bo‘lishiga PFL e’tibor qaratadi. Hamda sektorlar orasidagi bog‘liqlik va boshqa qulayliklar aks etgan tablichkalardan keng foydalaniladi.

Shuningdek, stadion hududida barcha turdagi yeguliklar va ichimliklar bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Bu borada ishqibozlarda muammo bo‘lmasligi shart. Qo‘shimchasiga, fan-klub uchun alohida va oilaviy tashrif buyurish uchun alohida sektorlarning bo‘lishiga jiddiy e’tibor qaratiladi.

Klublar o‘yinlar oldidan ma’lum miqdorda futbol to‘plari, sharflar, atributkalar tarqatishini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqiladi. Uchrashuvlardan oldin kichik konsertlar, tanaffus vaqtida lotereya o‘yinlarining bo‘lishi uchun harakat qilinadi. Bu tadbirlarning barchasini PFL nazorat qilib boradi.

O‘zbekiston Super Ligasining reglamenti tasdiqlandi. Endi zo‘rlar ichida zo‘r bo‘lgan klubga chempionlik nasib qiladi