IShID Qohira yaqinidagi Mar-Mina koptlar cherkoviga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Misr sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, hujum oqibatida 10 kishi, jumladan, 8 nafar nasroniy halok bo‘ldi, yana 5 kishi jarohatlandi.
Politsiya hujum qilgan shaxsga qarata o‘t ochdi va uni yaraladi. Tintuv chog‘ida undan Kalashnikov avtomati va 150 patron, shuningdek, portlovchi qurilma topildi. Qo‘lga olinganidan so‘ng erkak kasalxonaga yetkazildi va o‘sha yerda o‘ldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)