AQSh rasmiylari Turkiyada vizalar berilishini to‘liq tikladi. Bu haqda Davlat departamenti ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Turkiyada viza xizmatini to‘liq tiklash uchun xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada yaxshilandi”, — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.
AQShning Anqaradagi elchixonasi ham shu mazmundagi bayonot bilan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, oktabrda Turkiyada AQSh konsulligi xodimi muxolifatchi Fathulloh Gulenga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olinganidan so‘ng Anqaradagi AQSh elchixonasi viza berishni to‘xtatgan, bunga javoban Turkiyaning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasi ham shunday yo‘l tutgandi.
Izoh (0)