AQSh harbiy-havo kuchlari Raytheon Missile kompaniyasi bilan Amraam raketalarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomani imzoladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
O‘rta masofadagi takomillashtirilgan havo-havo turkumidagi raketalardan tashqari kompaniya ehtiyot qismlar va telemetrik qurilmalar tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi. Summasi 634,2 million dollar bo‘lgan shartnoma 2020-yil 31-yanvargacha yakunlanishi lozim.
AQSh mudofaa vazirligiga ko‘ra, Amraam raketalari Janubiy Koreya, Marokash, Indoneziya, Ruminiya, Ispaniya, Turkiya, Bahrayn, Qatar, shuningdek, Rossiya bilan chegaradosh Polsha va Yaponiyaga yetkazib beriladi.
Izoh (0)