AQSh harbiy vertolyotlari IShID yetakchilarini Suriyaning Dayr az-Zavr viloyatidan mamlakat shimoli-sharqidagi al-Xasaka viloyatiga evakuatsiya qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
SANA agentligiga ko‘ra, o‘tgan tunda bir necha vertolyot past balandlikda as-Sad lageri ustidan uchib o‘tgan va al-Xasaka shahri janubidagi al-Basil to‘g‘oni yaqinida qo‘ndi.
Vertolyotlar bortida AQSh qo‘llab-quvvatlaydigan “Suriya demokratik kuchlari” tomon qochgan IShID qo‘mondonlari bo‘lgani bildirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)