Britaniyalik Endryu Xauell Rojdestvo lotereyasida 50 ming funt yutib oldi. U butun lotereya Xauellning oilasi tomonidan uyushtirilgan hazil ekanligi ma’lum bo‘lmagunicha shunday deb o‘yladi, deb yozadi Afisha Daily.
Internetda paydo bo‘lgan videoda Endryu lotereya chiptasidagi himoya qatlamini birma-bir o‘chirayotgani, keyin esa quvonchdan sakrab, uy bo‘ylab yugurishni boshlaganini ko‘rish mumkin. Erkak o‘z g‘alabasiga chin dildan ishongandi, ammo keyinroq unga bularning barchasi achchiq hazil bo‘lganini aytishdi.
Endryuning rafiqasi Kristin so‘zlariga ko‘ra, ular bunday hazillarni birinchi marta uyushtirayotgani yo‘q. “So‘nggi hazilni kuyovim o‘ylab topdi. U soxta lotereya chiptasini internetda avgust yoki sentabrdayoq sotib olgandi, ammo uni Endryuga sovg‘a qilish uchun Rojdestvoni kutdi”, — dedi u.
Izoh (0)