Melaniya Trampning ko‘rsatmasiga muvofiq Oq uy maysazoridagi 200 yillik magnoliya arralab tashlanadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
CNN telekompaniyasiga ko‘ra, Melaniya AQSh milliy dendrariysi hisoboti bilan tanishib, xodimlar bilan suhbatlashgandan so‘ng shunday qarorga keldi.
Mutaxassislar daraxt butkul sun’iy ushlab turilgani, busiz magnoliya bir necha yil avval qulab tushgan bo‘lishini bildirdi.
“U ko‘pincha mazkur daraxt ostida turadigan tashrif buyuruvchilar xavfsizligi masalasidan xavotirda”, — dedi birinchi xonimning matbuot kotibi Stefani Grishem.
Izoh (0)