Avstraliyada fanga noma’lum bo‘lgan uch oyoqli baliq tutildi, deb xabar beradi Daily Mail.
Baliqni 24-dekabr kuni Mishel Gersayd ismli avstraliyalik ayol tutib olgan va uni suratga tushirgach, suvga qo‘yib yuborgan.
Gersayd noodatiy baliqning suratlarini u haqda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Facebook’ka joylagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, baliqning uzunligi taxminan 30 santimetr atrofida bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari mazkur mavjudotning baliq-qurbaqa ekanligini taxmin qilgan. Ayrimlar esa u tashqi ko‘rinishi bilan masxaraboz baliqni yodga solishini ta’kidlagan. Gersaydning o‘zi ham bu fikrga qo‘shilgan.
Izoh (0)