Toshkent shahridagi Qushbegi mavzesida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yengil mashinaning gaz balloni portlagan. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida post qoldirildi.
Post ostidagi izohda gaz balloni portlagan mashina surati keltirilgan. Suratdan bu Nexia avtomobili ekanligini ko‘rish mumkin.
Izoh qoldirganlardan biri portlash ovozi Sergeligacha eshitilganini yozgan.
Hodisa guvohining so‘zlariga ko‘ra, barcha tirik, “faqat mashina egasining qulog‘i yaxshi eshitmayapti”.
Tajribali haydovchilarning yozishicha, portlash gaz ballonining me’yoridan ortiq to‘ldirilishi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)