• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Prezidentni maqtashga ikki yillik moratoriy e’lon qilgan bo‘lardim”. O‘zA “Bi-bi-si O‘zbek xizmati” muharririning fikrlarini e’lon qildi

    O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zA Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi yuzasidan mahalliy va xorijiy kuzatuvchilar, ekspertlarning fikrlarini berib bormoqda.

    27-dekabr kuni O‘zAda “Bi-bi-si O‘zbek xizmati”ning muharriri Pahlavon Sodiqning Prezident Murojaatnomasi yuzasidan fikrlari chiqarildi. “Daryo” Britaniyada faoliyat yuritayotgan va O‘zbekiston yangiliklarini diqqat bilan kuzatib boruvchi jurnalistning munosabatini qayta e’lon qiladi.

    Pahlavon Sodiq: O‘zgarishlar bor, ammo ular orqaga qaytmaydigan nuqtaga yetganicha yo‘q

    Pahlavon Sodiq.

    Pahlavon Sodiq.
    Foto: “Bi-bi-si O‘zbek xizmati”

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqidan bir kun oldin xabar topdik. Biz buni onlayn muloqot tarzida bo‘ladi, deb kutgandik. Ammo biz kutgan formatda bo‘lmasa-da, Prezidentning nutqi tanqidiyligi va qamrovi jihatidan bizning kutishlarimizdan oshib tushdi. Va, albatta, davomiyligi bilan ham. Mening o‘zim nutqni London vaqti bilan ertalab soat 5:30 dan tomosha qilishni boshladim va nutq boshlanishi bilan “Bi-bi-si”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida unga havola berdik. “Bi-bi-si”ning o‘n minglab tinglovchilari va mushtariylari O‘zbekiston Prezidentining nutqini jonli efirda tomosha qildi.

    Shavkat Mirziyoyevning tanqidiy chiqishlari yangilik emas. Prezident hokimiyatning barcha organlari va boshqaruvning barcha bo‘g‘inlari faoliyatini o‘z chiqishlarida tanqidiy tahlil qilib kelayapti, ammo 22-dekabr kungi Murojaat avvalgilaridan ham tanqidiyroq edi. Bu safar Prezident o‘zini ham ayamadi. “Bir xillar aytishi mumkin, sen 13 yil bosh vazir bo‘lib o‘tirib, shuni bilmaganmisan. Bilganman, lekin juda atrof chatoq bo‘lgan”, — dedi Prezident nutq matnidan chetga chiqib.

    Mavzuga doir: “Ahvol chatoq edi”. Shavkat Mirziyoyev muammolarga nega bosh vazirlik vaqtida barham bera olmaganini tushuntirdi (video)

    Shavkat Mirziyoyevning tanqidchilari 13 yil davomida hukumatga rahbarlik qilgani va mamlakatdagi ayanchli ahvolga birinchi navbatda uning o‘zi mas’ul ekanini aytib kelishadi va bu o‘rinli tanqid. Prezident oxirgi chiqishida ana shu tanqidlarga javob berdi. Ya’ni, yakka shaxs tomonidan boshqarilgan hokimiyat vertikalida nafaqat parlament, jamoatchilik yoki saylovchi, hatto davlatning ikkinchi raqamli odami bo‘lgan bosh vazir ham o‘z so‘ziga ega emasdi. Shavkat Mirziyoyev mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi jamoatchilikka “Men ana shu boshqaruv uslubini o‘zgartiraman”, degan mujdani beryapti.

    Prezidentning o‘zi ham bunga izoh bergandek bo‘ldi. Mamlakatda “tiyib turish va muvozanat tizimi” ishdan chiqqanligini aytdi. Bu Murojaatning eng muhim jihatlaridan biri edi. Hokimiyatning bir idora qo‘lida jamlangani va ortiq bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi. Ta’kidlabgina qolmay, o‘tirganlarga “buni yodda tutinglar”, deya uqtirdi. Prezident birinchi marta Milliy xavfsizlik xizmatini tanqid qildi. Hozirgacha bu idora tanqidlardan chetda qolib kelayotgandi. Tanqid MXXning tuman, shahar va viloyat boshqarmalariga qaratildi, ammo umumiyat-la, MXX isloh qilinishi kerakligi aytildi. Bu Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan buyon uning ichki siyosatga doir eng muhim bayonoti edi. Bayonotni aniq qadamlar ta’qib etadimi — hozirda shu muhim. So‘z va ish birligi muhim. Bu kabi tanqidlar marhum Birinchi Prezident boshqaruvining ilk yillarida ham yangragan, ammo amaliyotda mutlaq teskarisi bo‘lgan edi.

    Yana bir muhim jihat: Prezident amaldorlarni, ayniqsa, sobiq hukumat mulozimlarining ko‘pchiligini korrupsiya va boshqa jinoiy harakatlarda baralla ayblayapti. Agar Prezident kimnidir jinoyatda ayblasa, tergov va sud idoralari bunga qonuniy baho berishi kerak. Prezident investitsion loyihalarning talon-taroj qilingani haqida gapirdi, ammo aniq raqamlarni keltirgani yo‘q. Gap milliardlab dollar xalq mablag‘lari haqida borayotgan bo‘lishi mumkin. Bu mablag‘lar xalqqa qaytarilishi kerak va jamoatchilik, matbuot buning uchun zarur huquqiy protseduralarni boshlashni talab qilishdan chekinmasligi kerak, nazarimda. Bitta odam, u Prezident bo‘lsa ham, hamma narsani o‘zgartirolmaydi. Jamoatchilik fikri, qo‘llovi, ayniqsa, matbuot va jurnalistlarning faolligi muhim.

    Matbuot Prezidentni maqtash bo‘yicha poygaga o‘tib ketmasligi kerak. Prezidentning nutqini tanqidiy tahlil qilishi to‘g‘riroq bo‘ladi, deb o‘ylayman. Ayrimlar Shavkat Mirziyoyevning nutqini Uinston Cherchillning 1946-yildagi Fulton nutqiga qiyosladi. Men bu kabi muqoyasa qilishga shoshmagan bo‘lardim. Cherchillning nutqi “Fulton nutqi”ga aylangunicha oradan bir necha o‘n yil vaqt o‘tgan, bungacha uning o‘zi “shuhratparast” va “hayotdan uzilgan” rahbar, deya iste’foga majburlangan. Faqat vaqt Cherchillning nutqiga baho berdi. Shunga o‘xshab, Shavkat Mirziyoyev Murojaatiga ham eng yaxshi hakam vaqtdir.

    Mavzuga doir: “Bugun O‘zbekiston yana bir bor mustaqil bo‘ldi”. Shavkat Mirziyoyev murojaatiga o‘zbekistonliklarning munosabati

    Menga qolsa, matbuotda Prezidentni maqtashga kamida ikki yillik moratoriy e’lon qilgan bo‘lardim. Prezidentning o‘zi ikki yillik favqulodda holat e’lon qildi. Bu matbuotga ham joriy etilsa, yaxshi bo‘lardi. Chunki matbuotimiz so‘z erkinligi deganda ko‘proq hukumatni maqtashni tushunadi. Har holda, yaqin o‘tmishda shunday edi.

    22-dekabr kuni meni “Bi-bi-si Jahon xizmati”ning ingliz tilidagi dasturlaridan biriga Shavkat Mirziyoyevning nutqi haqida gapirib berish uchun taklif qilishdi. Boshlovchining birinchi savoli “Kim bu odam, qanday rahbar?”, degan savol bo‘ldi. “Bi-bi-si”ning auditoriyasi katta va bu kabi savol tabiiy edi. Men Shavkat Mirziyoyevni o‘zim bilganimcha ta’rifladim va u o‘zining o‘tmishdoshinikidan farqli boshqaruv uslubini namoyish etishga urinayotganiga urg‘u berdim. Bu muhim edi. Chunki o‘tmishda O‘zbekistondagi siyosiy boshqaruv borasida dunyoda juda ham salbiy fikr shakllangan. Bu fikrni o‘zgartirish uchun Shavkat Mirziyoyev hali bir emas, bir nechta “Fulton nutqlari”ni qilishi kerak bo‘ladi va, bundan ham muhimi, qat’iy siyosiy irodani namoyish etishi lozim bo‘ladi.

    Dunyo matbuoti so‘nggi chorak asrda O‘zbekistonda ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rmagani bois, Shavkat Mirziyoyev qo‘yayotgan qadamlarni ehtiyotkorlik bilan olqishlayapti. G‘arb jurnalistlari ularni hatto “g‘alati o‘zgarishlar” deb ham ta’riflamoqda. Mana, jahon nashrlarining sarlavhalaridan bir nechtasi: “O‘zbek bahori keldi, ammo yozgacha hali ko‘p bor” (The Economist, 2017-yil, 14-dekabr), “Bir paytlar yopiq va repressiv O‘zbekiston dunyoga ochilmoqda” (The New York Times, 2017-yil, 25-oktabr), “O‘zbekistonga qaytish: iliqlashuv bo‘ladimi?” (BBC News, 2017-yil, 22-noyabr), “Bu O‘zbek bahorimi?” (RFE/RL, 2017-yil, 16-iyul). Jahon matbuoti va jamoatchiligi O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni yaqindan kuzatmoqda. Hozirgacha ko‘proq yaxshi niyat va yaxshi bayonotlarni ko‘rayapmiz. O‘zgarishlar bor, ammo ular hali muqarrar, orqaga qaytmaydigan nuqtaga yetganicha yo‘q.

    22-dekabr kungi Murojaati bilan Shavkat Mirziyoyev mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi jamoatchilikni o‘zgarishlarning samimiyligiga bir qadar ishontirdi. Ammo ishonqiramayotgan, skeptik jamoatchilik ichkarida ham, tashqarida ham bor. Ular aniq qadamlarni kutayapti. Masalan, mamlakat qamoqxonalaridagi siyosiy mahbuslarni ozod qilish, aybsizlarni reabilitatsiya qilish, qiynoqlarga butkul barham berish, so‘z, matbuot va ifoda erkinligini kafolatlash, xorijiy va mustaqil saytlarga qo‘yilgan to‘siqlarni darhol olib tashlash, siyosiy muxolifatga yo‘l berish, din erkinligini kengaytirish, yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolar haqida baralla gapirish va ularga siyosiy baho berish.

    Bular ko‘p narsa emas. Inqilob ham emas. Bular normal, taraqqiy qilishni istagan jamiyatning atributlari, xolos. Shavkat Mirziyoyev ham, nazarimda, muammo bormi, hal qilish kerak, degan pragmatik bir mantiqdan kelib chiqayapti. Ortiqcha pafosga berilayotgani yo‘q. Bularning hammasi umid uyg‘otadigan ishoralardir.

    27.12.2017, 17:54   Izoh (0)   59375
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijon shahri hokimi jarimaga tortildi. Maktab direktorlariga qo‘l ko‘targan Sayxunobod hokimi-chi?

    27.12.2017, 17:07

    Qozog‘iston Parlamenti Majlisi raisi O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

    27.12.2017, 16:12

    Atlas Yunusobod ko‘ngilochar savdo majmuasiga tashrif buyurish uchun 5 sabab

    27.12.2017, 16:00

    “Agropilla” korxonalari tomonidan hududlarda 2 mln 400 ming dona tut ko‘chati ekildi

    27.12.2017, 15:40

    “Qaynotam menga sevgi izhor qildi”. O‘z nomini oqlash uchun televideniyega chiqqan kelin hikoyasi (video)

    27.12.2017, 15:37

    Surxondaryo viloyatida yangi ekoturistik yo‘nalish ochiladi

    27.12.2017, 15:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.