Isroil Quddusni mamlakat poytaxti sifatida tan olish va elchixonalarini Tel-Avivdan ko‘chirish masalasida o‘ndan ortiq davlat bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sipi Xotoveli ma’lum qildi,deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Barcha qit’alardagi mamlakatlar bor. Gap o‘ndan ortiq davlat haqida ketmoqda, biz TIVda ularning har biri bilan ish olib bormoqdamiz”, — dedi Xotoveli.
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, muzokaralar zudlik bilan elchixonani Tel-Avivdan ko‘chirishga emas, birinchi galda Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olishga qaratilgan.
Izoh (0)