Nigeriyaning Kano shahrida kelin va uning dugonalarini olib ketayotgan avtomobil avariyaga uchrashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avariya 23-dekabr, shanba kuni kechki payt ro‘y berdi. Haydovchi transport vositasi boshqaruvini yo‘qotdi va shlagbaumga kelib urildi.
Politsiya vakili Kabir Ibrohim Daurga ko‘ra, voqea joyida 8 qiz halok bo‘ldi, 3 nafari kasalxonada olamdan o‘tdi. Yana 3 qiz va haydovchi jarohat oldi.
Dastlabki tekshiruvlar fojiaga tezlikni oshirish sabab bo‘lganini ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)