O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etadi, deb xabar berdi O‘zA.
Majlis 2017-yilning 26-dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, MDH Davlat rahbarlari kengashining bundan oldingi majlisi joriy yilning 11-oktabr kuni Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Unda Hamdo‘stlik doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir 20 dan ortiq masala muhokama qilingandi.
Izoh (0)