O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaati chog‘ida korrupsiya darajasini pasaytirish uchun yo‘l-patrul xizmatining barcha xodimlari ichki videokameralar bilan ta’minlanishini ma’lum qildi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.
“Agar kamera bo‘lmasa, to‘xtatishga haqqi bo‘lmaydi. To‘xtatsa, yoqilgan kamera bilan gaplashsin, shunda barchasi hisobga olinadi. Aks holda xodimning o‘zini jinoiy javobgarlikka tortamiz. Barcha korrupsiyaviy holatlar suhbat chog‘i ro‘y beradi”, — dedi Prezident.
Davlat rahbariga ko‘ra, rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanadigan bunday kameralar O‘zbekiston tomonidan sotib olinmoqda va kelgusi yil fevral oyidan berilishi boshlanadi.
Izoh (0)