20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, mudofaa vaziri general-polkovnik Chan Vansyuan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda harbiy, harbiy-texnik va harbiy ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘zaro fikrlar almashildi.
Uchrashuv yakunida harbiy ta’lim sohasida olib boriladigan hamkorlik ishlarini rivojlantirish to‘g‘risida o‘zaro bitim imzolandi.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Xitoy mudofaa vazirini qabul qildi
Izoh (0)