Namangan shahrida Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar bayramona bezatilmoqda. Tungi illyuminatsiyalar, rang-barang chiroqlar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 26 metrli archa qad rostladi.
Izoh (0)